AsosiyJamiyat

O`zbekiston OTMlarida "Karera markazlari" tashkil etilishi mumkin

'O`zbekiston OTMlarida "Karera markazlari" tashkil etilishi mumkin'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi «Respublika oliy ta`lim muassasalari talabalari bandligini ta`minlash va ularning bo`sh vaqtlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi prezident qarori loyihasini muhokamaga qo`ydi.

Unda, talabalar bandligini ta`minlash va bo`sh vaqtini samarali tashkil etish asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • oliy ta`lim muassasasida mavjud infratuzilmalardan, shu jumladan, o`quv binolar, sport inshootlari, madaniyat saroylari, talabalar turar joylari, o`quv-xo`jalik maydonlaridan talabalar uchun ish o`rinlarini yaratishda foydalanish;
  • oliy ta`lim muassasasida mavjud bo`sh ish o`rinlariga (o`quv yordamchi va texnik lavozimlar, kabinet mudiri, arxiv mudiri, kompyuter zali mudiri, uslubchi, laborant kabilarga) talabalarni ishga qabul qilishda ustuvorlik berish;
  • talabalarni kasbiy rivojlantirish, ish beruvchiga o`zini taqdim etishga tayyorlashga qaratilgan yangi boshqaruv mexanizmlarini joriy etish;
  • talabalarni haq to`lanadigan jamoat ishlariga, respublika miqyosidagi ro`yxatga olishlar, sosiologik tadqiqotlar, so`rovlar va xatlovlarni o`tkazish ishlariga jalb qilish;
  • oliy ta`lim muassasalari talabalarining rasmiy mehnat faoliyatini olib borishlarini qo`llab-quvvatlash hamda o`rnatilgan cheklovlarni engillashtirish yoki to`liq olib tashlash;
  • munosib ish o`rinlarini taklif etishga qaratilgan elektron platforma yaratish;
  • magistratura, klinik ordinatura bosqichi birinchi kursidan boshlab to`liq stavkagacha mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berish;
  • talabalar bandligini ta`minlashni oliy ta`lim muassasalari asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilash.

Shuningdek, talabalar bandligini ta`minlashni muvofiqlashtirish maqsadida respublika oliy ta`lim muassasalarida Marketing va talabalar amaliyoti bo`limlari negizida keng tarmoqli «Karera markazlari» tashkil etiladi.

Markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • o`qishdan bo`sh vaqtlarida mehnat faoliyatini olib borish istagini bildirgan talabalarning rasmiy bandligini ta`minlash choralarini ko`rish;
  • oliy ta`lim muassasasining ixtisosligidan kelib chiqib, ish beruvchilar bazasini shakllantirish va onlayn platforma bilan integrasiyasini ta`minlash;
  • Karera kunlarini muntazam ravishda tashkil etish, korxonalarga rasmiy tashriflar uyushtirish, muvaffaqiyatga erishgan biznes va davlat xizmati vakillari bilan mahorat darslarini tashkil etish;
  • potensial ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash, ular tomonidan taqdim etilgan vakansiyalar va kadrlarga bo`lgan ehtiyojni qanoatlantirish;
  • talabalar stajirovka va amaliyotini tashkil etish uchun ish beruvchilar bilan doimiy hamkorlik aloqalarini o`rnatish;
  • talabalarning kelgusi hayotida zarur bo`ladigan ko`nikma va hunarlarni kasbga o`qitish markazlarida o`rgatishni tashkil etish;
  • ish bilan band bo`lgan talabalar hisobini yuritish va ushbu yo`nalishda ularga barcha konsalting xizmatlarini ko`rsatish;
  • norasmiy sektorda band bo`lgan talabalarni monitoringini yuritish va ularni rasmiy sektorga o`tkazish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Markazlar faoliyatini yo`lga qo`yish va saqlash bilan bog`liq xarajatlar oliy ta`lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

Markaz bosh menejeri o`z maqomiga ko`ra oliy ta`lim muassasasi bo`lim boshlig`iga va Markaz menejerlari oliy ta`lim muassasasining tegishli mutaxassislarga tenglashtiriladi hamda kunduzgi talabalar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar