17 iyul kuni Armanistonning Erevan shahrida bir guruh qurollangan odamlar polisiya binosiga hujum qilib, binoni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Hujum paytida olti nafar polisiya xodimi garovga olingan. Patrul-post xizmati polki boshlig`i muovini Artur Vanoyan o`ldirilgan. Bir necha xodim yaralangan. Garovga olinganlardan bir kishi ozod etilgan. Shunga qaramay, bino ichida hali besh nafar garovga olingan polisiya xodimi ushlab turilibdi. Ularning orasida Armaniston polisiyasi boshlig`i o`rinbosari Vardan Egiazaryan va poytaxt polisiyasi boshlig`i Valeriy Osipyanlar ham bor.
Hozirda hujumda gumon qilingan 200 nafar odam qo`lga olingan.