Avstriya poytaxti Vena 2 yillik tanaffusdan so`ng yashash uchun dunyodagi eng yaxshi shaharga aylandi. Bu haqda “The Economist Intelligence Unit” tadqiqotida ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda Zamon internet nashri.
Qayd etilishicha, o`tgan yilgi reyting etakchisi Yangi Zelandiyaning Oklend shahri bo`lgan edi. Bu gal ushbu shahar reytingda 33-pog`onaga tushib ketgan.
2022 yilda Kopengagen ikkinchi, Tsyurix va Kalgari uchinchi o`rinda bo`lishdi. Vankuver esa beshinchi o`rinni egallagan. Kuchli o`ntalikka Jeneva, Frankfurt, Toronto, Amsterdam, Osaka va Melburn kirgan.
Ukrainadagi voqealar tufayli Varshava va Budapeshtning pozisiyalari yomonlashgan, Kiev esa reytingdan butunlay chiqib ketgan.
24.06.2022 19:57
Yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingi tuzildi






