Uzbekistan Airways Toshkent – Bishkek – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar beradi. Ayni paytda aviaqatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari, 2022 yilning 6 iyulidan boshlab esa chorshanba kunlari ham amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.






