AsosiyJamiyat

Toshkent davlat pedagogika universitetiga moliyaviy va akademik mustaqillik beriladi

'Toshkent davlat pedagogika universitetiga moliyaviy va akademik mustaqillik beriladi'ning rasmi

 “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–290, 21.06.2022 y.) qabul qilindi. ,Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra, 2023 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

2024/2025 o`quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta`lim yo`nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda — dastlabki imtihon  va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

- dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o`tkaziladi;

- dastlabki imtihon doirasida abiturientlarning pedagogik kasbga moyilligi o`rganiladi;

- kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o`tgan abiturientlarga ruxsat etiladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar:

Universitet faoliyatida “Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to`liq joriy etiladi;

Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma`lumotlar bazalariga kiritiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar