“O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonunning 90-moddasiga kelib tushgan 4 017 ta takliflarning 3 029 tasi Prezidentning saylanish muddatini 7 yoki undan ko`p muddatga o`zgartirish bilan bog`liq. Bu haqda Konstitusiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiev ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, Konstitusiyaning 90-moddasiga kelib tushgan takliflarning 3 ming 29 tasi prezidentning saylanish muddatini 7 yoki undan ko`p muddatga o`zgartirish bilan bog`liq.
Qayd etilishicha, komissiyaga kelib tushgan jami takliflarni tahlil qilganda, eng ko`p o`zgartirish taklif qilingan bo`limlar ikkinchi, uchinchi va beshinchi bo`limlardir. Birgina beshinchi bo`limga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha jami 6 ming 302 ta taklif kelib tushgan. “Konstitusiya va qonunning ustunligi” deb nomlangan uchinchi bo`limga esa 5 ming 717 ta taklif kelib tushgan.
Shuningdek, Konstitusiyaning 41-moddasiga kelib tushgan 1 ming 658 ta takliflarning aksariyati “o`qituvchi va pedagoglarning yuksak maqomini belgilash, uning ishlariga aralashuv cheklanishi”ga doir normani kiritishga oiddir.






