1

Yuriy Shatunovning o`limi tufayli shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Dunyo 27.06.2022, 09:53
Yuriy Shatunovning o`limi tufayli shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

"Laskovy May" guruhining sobiq solisti Yuriy Shatunov o`limi sababli shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda guruhning ijrochi derektori Arkadiy Kudryashov KP.RU portaliga bergan intervyusida ma`lum qildi. Xususan, sal avval xonanda chaqiruvga kelgan tez yordam mashinasida vafot etgandi.

Shatunovning yordamchisi uning vafoti borasida so`zlab, bunda shifokorlarni aybladi. 

"Yura stolda o`tirgan chog`ida birdan ko`kragini changalladi, nafas olishi qiyinlashdi. Tez yordam chaqirdik, ammo dispetcher o`zimiz olib kelishimizni, yo`qsa uzoq vaqt kutishga to`g`ri kelishini aytdi. Uni eng yaqin tez yordam bo`limiga olib bordik va u erda Yuraning ahvoli jiddiyligini aytishdi va biz uni shifoxonaga olib borishga majbur bo`ldik. Bizni tez yordam mashinasida jo`natishdi – uskunasiz qadimiy “gazel”. Yurani shifoxonaga olib borolmadik, u yo`lda vafot etdi. Shifoxona uning yuraginin ishga tushirishga harakat qildi, ammo bu ish bermadi. U allaqachon o`lgan edi. Menimcha, uni qutqarishning iloji yo`q edi. Hozir shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi, - deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1