Dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelishi boshlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 42-44° gacha ko`tarildi.
Ushbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7° ga yuqori bo`lgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, kechalari 23-26°, kunduz kunlari 39-42°, respublika janubida va cho`l hududlarida 43-45° bo`ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismida harorat 37-40° atrofida bo`ladi, janubiy hududlarda 43-45° atrofida bo`lgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.
Respubliknaing ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.
Bugun ayrim tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.






