O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi birinchi o`rinbosari Farhod Mahmudov 49 yoshida vafot etdi.
Farhod Mahmudov 1973 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug`ilgan. U 1996 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi jurnalist.
Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko`rsatgan.
«O`zbekiston 24» tashkil etilgach, unga rahbarlik qilib kelgan Farhod Mahmudov 2018 yilning sentyabrida Ommaviy axborot vositalari, ma`naviyat va ma`rifat, madaniyat, san`at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo`yicha Prezident maslahatchisiga o`rinbosar etib tayinlangandi. 2019 yil sentyabrida Prezident administrasiyasi rahbariga o`rinbosar etib tayinlanadi.
U 2020 yil yozida MTRKga qaytgan va raisning birinchi o`rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.






