AsosiyJamiyat

Franshizing shartnomasini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi belgilandi

'Franshizing shartnomasini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Kompleks tadbirkorlik lisenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Reglamentga ko`ra, franshizing shartnomasini davlat ro`yxatidan o`tkazish DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini ko`rsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yig`im undiriladi.

 Quyidagi hollarda yig`im to`lanmaydi:

  •  sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalarni ro`yxatdan o`tkazishda;
  •  ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha hujjatlar qaytadan ko`rib chiqilganda.

 Ro`yxatdan o`tkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yig`im to`lamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar