Bunga havo haroratining keskin ko`tarilayotgani sabab bo`lmoqda.
Metropoliten axborot xizmati mazkur o`zgarishdan boxabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida Toshkent metropolitenining barcha erusti bekatlarida harakatlanayotgan poezdlar tezligi soat 12:00 dan 18:00 ga qadar kamaytiriladi.
“Bu orada elektropoezdlar qatnovidagi oraliq intervallar ham o`zgaradi, ya`ni ortadi”, — deyiladi xabarda.






