AsosiyJamiyat

Toshkentda xonadonga kirib, fuqaroning og`iz va qo`llarini skotchlab, seyfni o`margan 8 erkak qamoqqa olindi

'Toshkentda xonadonga kirib, fuqaroning og`iz va qo`llarini skotchlab, seyfni o`margan 8 erkak qamoqqa olindi'ning rasmi

2021 yilning 3 dekabr kuni bir necha fuqarolar Yunusobod tumanidagi xonadonlardan biriga g`ayriqonuniy ravishda kirib, 1961 yilda tug`ilgan xonadon egasini og`zini va qo`llarini skotch bilan bog`lab, 1 million so`mlik seyfni va uning ichida bo`lgan 15.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib chiqib ketishgan. Eng qizig`i, jinoyatchilar voqea joyidan yashirinish uchun xonadonga etib kelgan jabrlanuvchining qizlarini pichoq bilan qo`rqitib, ular minib kelgan Jentra rusumli mashinani olib qochishgan edi.

Ayni paytda  Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, jinoyatchilar ushlangan. O`zini qo`lga tushmas shovvoz deb o`ylagan shaxslar endi sudning qora kursisida o`tiribdi.

1978 yilda tug`ilgan Toxir, 1986 yilda tug`ilgan Odil, 1988 yilda tug`ilgan Baxodir, 1991 yilda tug`ilgan Murodilla, 1991 yilda tug`ilgan Abror, 1997 yilda tug`ilgan Azamat, 1998 yilda tug`ilgan Muxammad, 2000 yilda tug`ilgan Doniyorlarga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi va 267-moddasi bilan ayb e`lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llangan. Hozirda jinoyat ishi o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tumani sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar