AsosiyJamiyat

Samarqandda kelin "uksus" ichib o`z joniga qasd qilgani aytilmoqda

'Samarqandda kelin "uksus" ichib o`z joniga qasd qilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining “Bog`bonlar” mahallasida yashovchi kelin o`z joniga qasd qilganligi haqida xabar e`lon qilinmoqda. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi ma`lumot taqdim etdi. 

Aniqlanishicha, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahri “Bog`bonlar” mahallasi Yangravot ko`chasida yashovchi 11.01.1993 yilda tug`ilgan N.M. “uksus kislotasidan o`tkir zaharlanish” tashxisi bilan RShTTYoM Samarqand filiali xirurgiya bo`limiga yotqizilgan.

2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo`limida vafot etgan.  Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, ko`zdan kechirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Marhuma N.M.ning o`limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy tekshiruvga yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o`rnatilgan.

Boshqa yangiliklar