AsosiyJamiyat

Nogironligi bo`lgan abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish bo`yicha yangi ma`lumot taqdim etildi

'Nogironligi bo`lgan abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish bo`yicha yangi ma`lumot taqdim etildi'ning rasmi

Ayni paytda oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni ro`yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Bunda nogironligi bo`lgan abiturientlarning nogironlik bo`yicha ma`lumotlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bazasi – “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida olinmoqda.

Lekin ayrim nogironligi bo`lgan abiturientlarning ma`lumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida kelmayotgani sababli my.dtm.uz saytida nogironlik bo`yicha imtiyoz ma`lumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi. Bu haqda DTM xabar qildi. 

"Agar Sizning nogironlik bo`yicha ma`lumotlaringiz “Mening imtiyozlarim” bo`limida chiqmayotgan bo`lsa, “Nogironlik to`g`risida ma`lumotnoma” bo`limiga kirib, o`z nogironlik ma`lumotlaringizni kiritishingiz mumkin.

Agar Sizda ko`zi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud bo`lsa, nogironlik ma`lumotlarini kiritish bilan birga “Ko`zi ojiz” belgisini belgilashni unutmang", - deyiladi xabarda. 

 Kiritilgan ma`lumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va ma`lumotlari tasdiqlangan abiturientlarning imtiyozi inobatga olinadi.

    Boshqa yangiliklar