AsosiyJamiyat

Ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi mamlakatimizda 23 foizni tashkil etadi

'Ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi mamlakatimizda 23 foizni tashkil etadi'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. Bugungi kunda tolani qayta ishlash quvvatlarimiz 1 million 300 ming tonnaga etgani, lekin 1 million tonna tola ishlab chiqarilayotgani ta`kidlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ya`ni, hozirning o`zida 300 ming tonna tola etmayapti. Kelgusi besh yilda bu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga oshadi. Shundan 300 ming tonnasi sun`iy tola bo`lsa, yana kamida 300 ming tonna paxta tolasi zarur.

“Nima uchun Turkiyaning paxta maydoni bizdan 2 karra kam bo`lsada, tolani deyarli teng hajmda ishlab chiqaradi? Buning asosiy sababi - hali ilmga, zamonaviy texnologiyalarga joylardagi rahbarlarning e`tibori va mas`uliyati past”, dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari qayta ishlash borasidagi ishlar ahvoliga to`xtaldi.

Ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi mamlakatimizda 23 foizni tashkil etadi.

Buning oqibatida yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda.

Agar mutasaddilar tuman hokimlari va klasterlar bilan ishlarni to`g`ri tashkil qilsa, to`qimachilikdagi ish o`rinlarini hozirgi 400 mingdan bemalol 1 millionga ko`paytirish imkoniyati borligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar