AsosiyJamiyat

Paxta hosildorligini oshirish bo`yicha yangi tizim joriy qilinadi – Prezident

'Paxta hosildorligini oshirish bo`yicha yangi tizim joriy qilinadi – Prezident'ning rasmi

Prezident topshirig`iga ko`ra tarmoq korxonalari, klasterlar, olimlar bilan bir necha bor uchrashuvlar o`tkazildi. Ularda bildirilgan fikr va takliflar asosida aniq echimlar belgilab olindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Birinchisi – paxta hosildorligini oshirish bo`yicha yangi tizim joriy qilinadi.

Misol uchun, To`rtko`ldagi “Agro To`rtko`l tekstil” hamda Ellikqal`adagi “Bo`ston” klasterlari bir gektarga o`rtacha 4-5 million so`m sarflab, hosildorlikni 2019 yildagi 23 sentnerdan 2021 yilda 40 sentnerga ko`paytirgan. Bu yil esa Qoraqalpog`iston sharoitida gektaridan 33 sentnerdan hosil oladi.

Lekin o`tgan yili respublika bo`yicha 121 ta paxta-to`qimachilik klasteridan 18 tasida hosildorlik 25 sentnerdan kam bo`lgan.

Sababi, urug`chilik, erga ishlov berish, o`g`itlash, sug`orishda jiddiy muammo va kamchiliklar bor.

Atigi 21 ta klasterda urug`chilik sexlari mavjud. Chigitni tayyorlash (protravka) ham sanoqli klasterlarda yo`lga qo`yilgan.

Er sifatini yaxshilash, urug`chilik bo`yicha bor-yo`g`i 6 ta klaster zamonaviy laboratoriya tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar