AsosiyJamiyat

Prezident elchilarni tanqid qildi

'Prezident elchilarni tanqid qildi'ning rasmi

Prezident  yig`ilishi davom etmoqda. “O`zbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan so`ng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqdalar.

Lekin, ochiq aytish kerak, to`qimachilik sanoatini tashqi bozorlarga olib chiqish, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilishda elchixonalar ishlamayapti.

Misol uchun, bizdagi Turkiya, Xitoy, Germaniya kabi boshqa davlatlar elchilari o`z mamlakati tadbirkorlarining manfaatini himoya qilish uchun vazir, hokim, hatto korxonagacha borishdan charchamaydi.

Lekin, bizning elchilarda bunday tashabbus hali yo`q!”, dedi Prezident.

Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar:

- Ispaniya, Germaniya va Shvesiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, AQShdagi elchilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib kelish;

- xalqaro ko`rgazmalarda kamida 30 ta o`zbekistonlik ishlab chiqaruvchi mahsulotini olib chiqib, 50 million dollardan buyurtma olishni ta`minlash topshirildi.

    Boshqa yangiliklar