Iyul oyidan boshlab O`zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) narxi keskin pasayishi kutilmoqda.
Hukumatdagi manbalarning Repost.uz’ga ma`lum qilishicha, tegishli hujjat tasdiqlash bosqichida.
O`zgarishlarga muvofiq:
– to`liq (barcha yon oynalar) – 15 BHM(4,5 mln. so`m);— orqa yon oynalar — 1 ta BHM (300 ming so`m).
Hozirda "tonirovka" narxlari quyidagicha:
- to`liq - 50 BHM (15 mln. so`m);- orqa yon oynalar - 5 BHM (1,5 mln. so`m).






