Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar xabar bermoqda.
“Har bir islohotimiz, taklif va tashabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uchun.
Shu bois, xalqimizga qanday engilliklar bersak, u bizdan rozi bo`ladi, degan savol barcha rahbarlarni har kuni, har daqiqa o`ylantirishi kerak.
Har gal joylarga chiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uchrashib, muammolarini eshitaman, yana qancha aholimizda shunday muammolar borligi haqida o`ylayman va unga echim qidiraman.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ko`tarilayotgan masalalardan ham xabardorman.
Mana, bugungi kunda mamlakatimizda engil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham ko`plab e`tirozlar to`planib qolgan.
Shu bois, bugun haydovchilar va yo`lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko`taradigan qarorni imzoladim”, dedi Prezident.






