AsosiyDunyo

Maymunchechak kutilganidan ham tez mutasiyaga uchramoqda

'Maymunchechak kutilganidan ham tez mutasiyaga uchramoqda'ning rasmi

Portugaliyalik olimlar maymunchechak virusining mutasiya tezligini o`lchashdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz' axborot nashri.

Ma`lum qilinishicha, tadqiqotchilar virusning genetik tadqiqotini o`tkazdilar, uning namunalari 15 nafar bemordan olingan va bu orada virus kutilganidan 6-12 baravar yuqori mutasiyaga uchragani ayon bo`lgan. Bu kasallik tez tarqalishidan dalolat berishini aytiladi.

Avvalgi tadqiqotlarda maymunchechakka o`xshash viruslar, odatda, yiliga bir yoki ikki marta mutasiyaga uchragan.

Eslatib o`tamiz, maymunchechak nomli toshmalar odamdan odamga ochiq jarohatlar, yaqin aloqa va tana suyuqliklari yoki havo tomchilari orqali yuqishi mumkin.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar