1

Bayden Erdog`anga F-16 qiruvchi samolyotlarining etkazib berishni va`da berdi

Dunyo 30.06.2022, 10:53
Bayden Erdog`anga F-16 qiruvchi samolyotlarining etkazib berishni va`da berdi

Jozef Bayden Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarining etkazib berilishi Kongressdan o`tishi uchun harakat qiladi. Bu haqda u turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog`anga va`da bergan. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.

Ikki davlat etakchilari NATO sammiti doirasida muzokara o`tkazgan. Shu bilan birga Baydenning bu bayonoti hali rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangani yo`q.

Erdog`an NATOning Madriddagi sammiti oldidan Vashingtonni qiruvchi samolyotlarni etkazib berish jarayonini atayin cho`zishda ayblagandi.

Bundan oldin Turkiya AQShdan 40 dona F-16 Block samolyotlarini so`ragan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1