1

​O`zbekistonda koronavirusga qarshi yaratilgan preparatga patent berildi

Jamiyat 30.06.2022, 17:33
​O`zbekistonda koronavirusga qarshi yaratilgan preparatga patent berildi

Farmasevtika ta`lim va tadqiqot instituti farmasevt va farmakolog olimlari hamkorligida tabiiy va mineral manbalar asosida biotexnologik va kimyoviy sintez usuli bilan ko`p komponentli «Antikovir» preparati yaratildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, klinikagacha va klinik tekshiruvlarda preparatni koronavirus infeksiyasini hujayralar ichiga kirishining oldini olish, virusga qarshi samarali ta`sir ko`rsatishi va gumoral immunitetni oshirishi aniqlandi.

Preparat komponentlari antikoagulyant, antioksidant, sitoprotektor va immun tizimini stimullovchi hamda bakteriyalar va viruslarga qarshi faollikni ta`minlaydi. Klinik tekshiruvlarda preparatni nojo`ya ta`sirlari kuzatilmadi.

«Antikovir» preparatining tovar belgisi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2020 yil 13 noyabrda ro`yxatga olingan edi. Joriy yil 14 fevralda esa Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan viruslar, jumladan COVID-19 virusi bilan chaqirilgan koronavirus infeksiyasi, postkovid sindromini davolash va profilaktika qilish vositasi sifatida ro`yxatga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1