AsosiyDunyo
4098

Poltavada chaqmoq urishi oqibatida odamlar yashaydigan uy yonib ketdi

Ukraina respublikasining Poltava shahrida chaqmoq urishi oqibatida besh qavatli uyda yong`in chiqdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Ukraina respublikasining Poltava shahri markazida joylashgan besh qavatli uyning tomini chaqmoq urishi oqibatida yong`in kelib chiqqan.

Agentlikning bergan xabariga ko`ra, yong`in 500 kvadrat metrni egallagan va beshinchi qavatdagi bir xonadonga ham o`tgan. Yong`inni o`chirishda 11 ta maxsus texnika va 40 nafar yong`in o`chiruvchi ishtirok etgan. Yong`inni batamom o`chirish uchun ikki soat vaqt ketgan.

Boshqa yangiliklar