Joriy yilning 30 iyun kuni soat 11:02 da Mirzo Ulugbek tumani Buyuk Ipak Yo`li ko`chasidan harakatlanib borayotgan "Mercedes-Benz" rusumli 24-sonli avtobusda tutun hosil bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu avtobus 2013 yil ishlab chiqarilgan bo`lib, tasarruf boshidan buyon 905397 km masofani bosib o`tgan. Dastlabki ma`lumotga ko`ra, avtobusning dvigatel yog`ini o`tkazuvchi shlang yorilib, qizib turgan kollektorga moy tomishi oqibatida tutash (tutun) hosil bo`lgan. Avtobusda yong`in kelib chiqmagan.
Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo`limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa oqibatida avtobus va yo`lovchilarga zarar etmagan.
Ta`kidlanishicha, "2-Avtobus saroyi" filiali mutasaddi xodimlari tomonidan avtobus ta`mirlanib, joriy yilning 1 iyul kunidan yo`nalishga chiqarilgan.