AsosiySport

Toshkentda tug`ilgan nigeriyalik futbolchi Angliyada to`p surishi mumkin

Toshkentda tug`ilgan nigeriyalik futbolchi Piter Odemvingie o`z kuchini yana Angliya chempionatida sinab ko`rishga qaror qildi. Bu haqda Sports.uz xabar bermoqda.

35 yoshli futbolchi "Xall Siti" tarkibidan joy olishga urinmoqda. Tajribali forvard jamoaning mavsumoldi o`rtoqlik uchrashuvilarida ishtirok etib, o`z imkoniyatlarini ko`rsatishga harakat qiladi.

Odemvingie o`tgan mavsumni quyi liga "Bristol Siti" safida o`tkazib, ettita o`yinda raqiblar darvozasiga ikkita gol urgan edi. Faoliyati davomida u “Vest Bromvich”, “Stok Siti” va “Lokomotiv Moskva” kabi klublarda to`p surgan.

Ma`lumot uchun, Piter 1981 yilning 15 iyulida Toshkent shahrida tavallud topgan.

Boshqa yangiliklar