Bugun mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 1 999 530 doza Pfizer vaksinasi keltirildi. Bu haqda Sanepidxizmat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 71 750 853 dozaga etdi.
Ulardan:
- 2 606 080 dozasi AstraZeneca;
- 48 169 038 dozasi ZF-UZ-VAC 2001;
- 1 341 790 dozasi "Sputnik V";
- 10 688 860 dozasi Moderna;
- 6 625 710 dozasi Pfizer/BioNTech;
- 1 976 000 dozasi Sinovac;
- 343 375 dozasi Sputnik light vaksinasidir.
Shundan 59 351 963 dozaga yaqin vaksina emlash jarayonlarida qo`llanildi.
Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 12,2 mln. doza vaksina zaxirasi mavjud.