AsosiyJamiyat

Deputatlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunga qanday o`zgartishlar kiritishmoqda?

'Deputatlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunga qanday o`zgartishlar kiritishmoqda?'ning rasmi

 Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Rasul Kusherbaev xabar bermoqda.

Unga ko`ra️, otasidan ham, onasidan ham judo bo`lgan (chin etim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo`qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o`n ikki barobari miqdori doirasida amalga oshirilishi belgilanmoqda. Amalda bu o`n barobari miqdorida edi.

Sh️uningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o`n ikki barobaridan ortiq bo`lmagan miqdordagi o`rtacha oylik ish haqi olinadi. Amalda o`n barobari miqdori doirasida amalga oshirib kelinmoqda.  

Mazkur qonunning joriy etilishi yuqori ish haqi olgan fuqarolarga munosib pensiyalarni tayinlash, ularning moddiy farovonligini oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash va aholining unumli mehnat qilishga bo`lgan rag`batini oshirishga ko`maklashadi.  

Qonun qabul qilingan taqdirda 2023 yil 1 yanvardan e`tiboran amalga kiritiladi.

 

    Boshqa yangiliklar