AsosiyJamiyat

"Nukusdagi tartibsizliklar ichida 14 kishi vafot etgan"

'"Nukusdagi tartibsizliklar ichida 14 kishi vafot etgan"'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda yuz bergan noqonuniy namoyishlar vaqti 14 kishini vafot etgan. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi hududi komendanti, general-mayor brifingida so`z yuritildi.

Rustam Jo`raevning ma`lum qilishicha, ulardan 13 nafari o`sha kuni alkogol va giyohvand moddalar ta`sirida bo`lgan.

Shuningdek, xizmat burchini bajargan huquq-tartibot organlari xodimlaridan ham 4 nafari halok bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, sal avval namoyishlar chog`ida jarohatlangan xizmatdagi xodimlar ahvoli haqida ma`lumot bergandik.

Shuningdek, Qoraqalpog`istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanganlarning qanchasi qo`lga olingani yuzasidan xabar bergandi.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar