Bu haqda zamon.uz sayti Qozig`iston Energetika vazirligi tomonidan e`lon qilingan tegishli buyruqqa tayanib ma`lum qildi.
Qozog`iston hukumati neft mahsulotlarini Qozog`iston hududidan olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etadi.
Ushbu hujjatda yoqilg`i, benzin, dizel yoqilg`isi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini Qozog`iston Respublikasi hududidan avtomobil transportida olib chiqishni olti oy muddatga taqiqlash joriy etilishi qayd etilgan.
Unga ko`ra, avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan taqdim etilgan avtotransport vositasi benzin baklarida, shuningdek, umumiy hajmi 20 litrdan oshmaydigan alohida idishlarda olib chiqish hollari bundan mustasno.






