AsosiyJamiyat

Kosonda begona ayolning uyiga borgan erkakning qo`l-oyog`i bog`lab qo`yildi

'Kosonda begona ayolning uyiga borgan erkakning qo`l-oyog`i bog`lab qo`yildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida yashovchi erkak samosud qilingani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, voqea 2022 yil 14 iyundan 15 iyunga o`tar kechasi tungi soat taxminan 01:00lar chamasida sodir bo`lgan. Koson tumanida yashovchi shahs o`zi bilan bir tumanda yashovchi ayol bilan uyida uchrashganda fuqarolar tomonidan ushlangan.

So`ngra uy egalari uni bog`lab qo`yishgan va tuman IIB HPB profilaktika inspektorini voqea joyiga chaqirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar