Shimolda va cho`l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, janubda 39° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorati 33-35° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° bo`ladi.






