Qo`shma Shtatlar O`zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini izchil qo`llab-quvvatlaydi.
"Biz O`zbekistonning demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlaymiz. Biz hukumatni xalqaro majburiyatlar va O`zbekistonning majburiyatlariga muvofiq barcha asosiy huquqlarni, jumladan tinch yig`ilishlar va o`z fikrini bildirish huquqini himoya qilishga chaqiramiz.
Biz rasmiylarni zo`ravonlik bo`yicha xalqaro me`yorlar va ilg`or tajribalar asosida to`liq, ishonchli va shaffof tergov o`tkazishga chaqiramiz”, — deya bayonot berdi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.






