AsosiyJamiyat

Endilikda haydovchilarni tayyorlovchi ta`lim tashkilotlarining reytingini aniqlanadi

'Endilikda haydovchilarni tayyorlovchi ta`lim tashkilotlarining reytingini aniqlanadi'ning rasmi

Hukumat qarori (353-son, 04.07.2022 y.) bilan Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta`lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, reyting baholash quyidagi ko`rsatkich (indikator)lar asosida amalga oshiriladi:

- ta`lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;

- ta`lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lgandan keyin, yil yakunigacha yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;

- yil yakunigacha qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga asosan ta`lim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yo`l-transport hodisalari soni;

- ta`lim tashkilotlarida to`liq shtatda faoliyat yuritadigan oliy ma`lumotga yoki ilmiy darajaga ega o`qituvchilarning soni to`g`risida ma`lumotlar.

Ta`lim tashkilotlari reytingini baholash ko`rsatkich (indikator)lar asosida Yo`l harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiriladi.

Ta`lim tashkilotlari reytingi quyidagicha toifalarga ajratiladi:

- 81 balldan 100 ballgacha  – “yashil”;

- 51 balldan 80 ballgacha  – “sariq”;

- 50 balldan past  – “qizil”.

Reyting ball ko`rsatkichlari respublika bo`yicha yagona shaklda yuritiladi hamda yil yakunlari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Reyting natijalari har yili 25 yanvarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinadi.

Nizom 2022 yil 1 sentyabrdan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar