O`zbekiston pandemiyadan keyin Qirg`iziston bilan avtobus qatnovini tiklaydi. Bu haqda "MIR 24" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, yaqin kunlarda Toshkent–O`sh yo`nalishi bo`yicha qatnov yo`lga qo`yiladi. Hozirda yozgi sayyohlik mavsumiga Issiqko`lga kunlik reyslar tiklangan. Yo`nalish bo`ylab harakatlanish 13 soat davom etadi.
Avtobuslar yo`lovchilarga qulaylik yaratish uchun kondisioner va kino tomosha qilish uchun monitor bilan jihozlangan.






