Kecha, 5 iyul kuni 19:30 larda Samarqand shahrining Dahbed ko`chasida joylashgan o`quv markazlaridan birining bir guruh o`quvchilari o`rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida janjal yuzaga keldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIb matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa joyga IIB xodimlari etib kelib janjal bartaraf etilib, fuqarolar hududiy IIBga olib kelinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






