Moskva shahrida mehnat migrantlari ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalmoqda.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi va mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi xodimlari tomonidan holat o`rganildi, deya xabar bermoqda Agentlik matbuot xizmati.
Ma`lum bo`lishicha, voqea joriy yil 3 iyul kuni Moskva shahri Rudnevo sanoat zonasidagi qurilish ob`ektlaridan birida sodir bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O`zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.






