Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi.
Yig`ilish avvalida davlatimiz rahbari Qoraqalpog`istondagi vaziyat haqida to`xtalib o`tdi.
" – Bu erda sodir bo`lgan noxush voqealar barchamizda tashvish va iztirob uyg`otishi tabiiydir.
Nukus shahrida yuz bergan voqealar natijasida, afsuski, bir qancha fuqarolar halok bo`ldi va jabr ko`rdi.
Shu munosabat bilan o`z yaqinlarini yo`qotgan oilalarga chin yurakdan hamdardlik bildiraman. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga esa tezroq sog`ayib ketishlarini tilayman.
Mana shunday daqiqalarda tinchlik va inson hayoti naqadar bebaholigini, uni asrab-avaylash naqadar muhim ekanini, bunga barchamiz mas`ul ekanimizni yanada chuqur his etamiz", – dedi Prezident.