AsosiyJamiyat

Prezident Qoraqalpog`iston voqealariga yillab tayyorgarlik ko`rilganligini aytdi

'Prezident Qoraqalpog`iston voqealariga yillab tayyorgarlik ko`rilganligini aytdi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi davom etmoqda.

Yig`ilishda davlat rahbari Qoraqalpog`iston bo`lgan voqealarga  yillab tayyorgarlik ko`rilganligini ta`kidlagan. 

"– Albatta, bu voqealar bir kunda yoki o`n kunda tashkil qilingan emas.  

Bu harakatlarga chetdagi g`arazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik ko`rilgan.  

Ularning asl maqsadi O`zbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish va millatlararo nizo keltirib chiqarishga qaratilgan.

Bo`lib o`tgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish uchun Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari boshchiligida tergov va surishtiruv guruhi ish olib bormoqda.

Bu jarayonga xolis tomonlarni, ya`ni, jamoatchilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qilish zarur.

Shuning uchun, Bosh prokuror N.Yo`ldoshevga topshiriq – har bir holat chuqur va xolisona o`rganilsin va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilsin.

Shu o`rinda, kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan noto`g`ri kuch ishlatilgan bo`lsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi ta`minlansin", – dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar