AsosiyDunyo

Anar Kerimov: "Qo`shni davlatlardagi Ozarbayjon arxiv hujjatlarini o`rganish boshlandi"

'Anar Kerimov: "Qo`shni davlatlardagi Ozarbayjon arxiv hujjatlarini o`rganish boshlandi"'ning rasmi

Ozarbayjon arxiv hujjatlarini uning qo`shni davlatlari tomonidan o`rganish boshlandi.

Mamlakat milliy axborot agentligining xabar qilishicha, bu haqda mamlakat madaniyat vaziri Anar Kerimovning kitob taqdimotida aytib o`tilgan. Mazkur kitob "Tarixiy Ozarbayjon zaminidagi moddiy-madaniy merosimiz: Erevandan Zangezurgacha” deb nomlanadi.

Qayd etilishicha, loyiha qo`shni davlatlardagi arxiv hujjatlar bo`yicha izlanish va ushbu hujjatlar asosida Erevan va Zangezurdagi tarixiy zaminlaridagi tarixiy faktlar, tarixiy-madaniy yodgorliklarni o`rganish, shuningdek, ushbu jarayon natijalari asosida bosma nashrlarni xalqaro miqyosda chop etish va ommalashtirishni nazarda tutadi.

Vazir restavrasiya va bunyodkorlik ishlari Ozarbayjonning boshqa tarixiy zaminlarida ham davom etishiga ishonch bildirgan.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar