AsosiyJamiyat

Andijonda odamlar fast-fuddan zaharlandi (video)

'Andijonda odamlar fast-fuddan zaharlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumanida juda ko`plab odamlar zaharlangani aytilgan video tarqaldi.

Unda 60 ga yaqin bemor Qo`rg`ontepa tuman yuqumli kasalliklar bo`limiga olib kelingani aytiladi.

Shuningdek, videoda maxsus koykalar aynan muassasa palatasidan tashqariga, ya`ni koridorga olib chiqilgan holda bemorga xizmat ko`rsatilayogani aks etadi.

Ayni damda yarim tun bo`lishiga qaramay hokimlik matbuot xizmati voqea bo`yicha tezkor munosabatini e`lon qildi.

Qayd etilishicha, bemorlarning soni asli 10 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari ular bilan birga taomlangan 17 nafar yaqinlari va oila a`zolari ham shifoxona xodimlari tomonidan kuzatuv uchun olib kelinib, nazorat qilinmoqda.  

"Hozirda 10 nafar bemorlar va kuzatuvdagi 17 kishining barchasi o`zini yaxshi xis etmoqda. Matbuot xizmati vakillari barcha bemorlar bilan tibbiy shartlar ostida birma-bir suhbatlashdi",-deyiladi xabarda.

Ularga tuman Tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari va hamshiralari uzluksiz xizmat ko`rsatib turgani aytiladi.  

"Bu holatning kelib chiqishi bo`yicha, suhbatlashilgan barcha bemorlar “Fresh fud” nomli fast-fud taomlari markazi mahsulotlarini iste`mol qilganini ma`lum qilishdi. Ularning barchasi kechagi kun davomida ushbu do`konlardan mahsulot harid qilishgan",-deyiladi xabarda.  

Eslatib o`tamiz, hozirda mazkur holat bo`yicha tuman rahbariyati alohida faoliyat boshlagan. Tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar