AsosiyJamiyat

Nukusda texnopark tashkil etiladi

'Nukusda texnopark tashkil etiladi'ning rasmi

“Qoraqalpog`iston Respublikasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–306-son, 06.07.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

 Qaror bilan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar bo`sh er maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi 30 yil muddatga tashkil etiladi.

 Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Texnopark faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.

2023–2024 yillarga mo`ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Texnoparkning muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qo`yilmalar limitlari ajratiladi.

Texnopark hududida mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o`zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo`lga qo`yish orqali investisiya faoliyatini rag`batlantirish va rivojlantirish choralari ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar