AsosiyJamiyat

SSV Andijonda zaharlangan 37 kishining ahvoli qandayligini ma`lum qildi

'SSV Andijonda zaharlangan 37 kishining ahvoli qandayligini ma`lum qildi'ning rasmi

Avvalroq, Andijondagi savdo shoxobchasidagi nonburger va xot-dogni iste`mol qilgan 37 nafar fuqaro zaharlangani haqida xabar berilgan edik.

Shuningdek, Andijon viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`alganini xabar qildi

Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, vazirlik ovqatdan zaharlangan bemorlar salomatligi va canitariya holatini nazoratga olgan.

"Kuni kecha Andijon viloyatining Qo`rg`ontepa tumanida ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan jami 37 nafar bemor nazoratga olingan va yuqumli kasalliklar bo`limiga davolanish uchun yotqizilgan.

Ulardan 17 nafarida qayt qilish, ich ketishi, tana harorati ko`tarilishi kabi kasallikning klinik belgilari namoyon bo`lgan. Qolgan 20 nafarida esa biroz holsizlik va ko`ngil aynishi kuzatilgan va ambulator ravishda davo muolajalarini olish uchun hududiy poliklinika nazoratiga yuborilgan.

Ayni paytda shifoxonada davolanayotgan 17 nafar bemorning holati stabil. Ularda belgilangan standartlar bo`yicha davo muolajalari davom ettirilyapti.

Taomdan zaharlanganlarning barchasi Qo`rg`ontepa tumani markazida joylashgan “FRESH FOOD” nomli ovqatlanish shoxobchasida fast-fud iste`mol qilgani aniqlandi.

Zudlik bilan bu korxonaga qarashli 3 ta ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Taom tayyorlash xonasi va omborxonadagi mahsulotlardan namuna olinib, Qo`rg`ontepa tumani sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborilgan" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar