JSST rahbari odamlarda maymunchechak tarqalishidan xavotirda ekanligini yana bir bor ta`kidlab, 18 iyuldan boshlab hafta davomida ushbu masala bo`yicha favqulodda yig`ilish o`tkazmoqchi.
"Men maymunchechak virusining ko`lami va tarqalishidan xavotirdaman", - deydi Gebreyesus.
Shu munosabat bilan, JSST rahbari favqulodda yig`ilish chaqirilishini e`lon qildi. Unda inqiroz na qadar jiddiyligini baholash rejalashtirilgan. Yig`ilish 18 iyuldan boshlab o`tkaziladi.
Ma`lum qilinishicha, shu kungacha 58 ta davlatda 6 mingdan ortiq kasallik holati qayd etilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda shu kunga qadar maymun chechagi qayd etilgani yo`q. Sal avval Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov mamlakatda JSST tavsiyalaridan kelib chiqib infeksiyaning kirib kelmasligi uchun zarur choralar ko`rilayotganini bildirgandi.






