Joriy yilning 6 iyul kuni IIV Transportda XTBB boshlig`i nomiga JQB xodimi bildirgi bilan murojaat qildi. Unda xodim ish yurituvidagi, “Sirdaryo ko`priklardan foydalanish” DUKga nisbatan hujjatlar to`plami yuzasidan, uning sobiq rahbari, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida yashovchi 1988 y.t. D.U. o`zi rahbarlik qilgan vaqti oralig`ida “Sirdaryo ko`priklardan foydalanish” DUKga nisbatan o`tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlangan moliyaviy kamchiliklar yuzasidan chora ko`rmaslik hamda ishni ijobiy hal etib berish uchun 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif etayotganligini ma`lum qilgan. Bu xaqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar qildi.
Ushbu ma`lumotga asosan, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Transport IIO bo`yicha bo`limi hamda O`zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 6 iyul kuni soat 15:00 larda JQB xodimining xizmat xonasida D.U. 3.000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Holat yuzasidan fuqaro D.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






