AsosiyJamiyat

Germaniyada ishlamoqchi bo`lgan haydovchilar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi

'Germaniyada ishlamoqchi bo`lgan haydovchilar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning xalqaro yuk tashuvchi transport kompaniyasi o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq haydovchilar ishga taklif etiladi.

  • oylik ish haqi - 2400 evro (brutto);
  • avia chipta ish beruvchi hisobidan;
  • mehnat shartnomasi - 3 yillik;
  •  keyinchalik oila a`zolarini Germaniyaga chaqirish imkoni beriladi.

Nomzodlar uchun talablar:

  •  45 yoshgacha bo`lgan erkak/ayollar;
  • kamida 1 yillik tajriba va "SE" toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
  • nemis tilida erkin so`zlasha olishi (Gyote instituti tomonidan berilgan A2 daraja sertifikati);
  •  o`rta-maxsus ma`lumotni tasdiqlovchi hujjat.

Nomzodlar 2022 yil 31 iyul soat 18:00 ga qadar ro`yxatdan o`tishi mumkin.

Qo`shimcha ma`lumot uchun:

+998 71 202-33-55.

a.olimov@migration.uz

    Boshqa yangiliklar