AsosiyJamiyat

Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmi qaytarib beriladi

'Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmi qaytarib beriladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda IT Park  bo`lim boshlig`i Jamila Xalibaeva ma`lum qildi.

Xalqaro IT-sertifikatlarini olishda rag`batlantirish tizimi mamlakatimiz yoshlarining muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi va o`z ustida ishlash uchun sharoit yaratish, salohiyatini oshirish, shuningdek, davlatimiz yanada rivojlantirish manfaatlarida foydalanish uchun joriy etildi.

Dastur IT-Park va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Dastur bilan IT-mutaxassislariga xalqaro sertifikat olishga sarflanadigan mablag`ning 50 foizigacha kompensasiya olish imkonini beriladi.

Kompensasiya pulini xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan O`zbekiston fuqarolari qo`lga kiritishi mumkin.

Kompensasiya olish uchun arizalar onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuboriladi.

Arizaga quyidaki hujjatlarni ilova qilish lozim:

- o`qish va xalqaro sertifikat olish uchun xarajatlar kvitansiyasi;

- xalqaro IT-sertifikatining nusxasi.

E`tibor bering, kompensasiya olish uchun sertifikat olgandan so`ng 180 kundan kechiktirmaslik lozim;

- kompensasiya o`tkazish uchun bank karta raqami, bank tranzit raqami, STIR va bank kodi;

- ariza beruvchi 16 yoshga to`lmagan bo`lsa, arizani to`ldirishda ota-ona/vasiylarning ma`lumotlarini ko`rsatish lozim.

Agar ariza beruvchining so`rovnomadagi rekvizitlari va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga javob bersa, kompensasiya ariza to`ldirilgan kundan boshlab 17 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Kompensasiya beriladigan xalqaro IT-sertifikatlarining to`liq ro`yxati it-istedod.uz saytida joylashtirilgan.

Kompensasiya miqdorini hisoblash olingan sertifikat IT-mutaxassislik darajasiga bog`liq. Xususan, boshlang`ich darajasi sertifikatlari uchun 30 %, o`rtacha daraja uchun 40 % va yuqori darajadagi IT-mutaxassislik sertifikatiga 50 % kompensasiya to`lab beriladi.

Masalan, Cisco kompaniyasidan CyberOps professional kursining narxi 3000 dollardan 6000 dollargacha bo`ladi. Shunday qilib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar 3000 dollargacha kompensasiya pulini olish imkoniyatiga ega.

Ushbu xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun onlayn va offlayn tarzda kurslarni bitirish mumkin.

Onlayn kurslarni HUAWEI, Coursera, Skillbox, Geekbrains kabi platformalarda, oflayn ta`limni esa IT-Park Toshkent filialida hamda poytaxtda joylashgan bir qator xususiy o`quv markazlarida olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar