AsosiyJinoyat

Zangiota tumanida 200 000 AQSh dollariga er sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Zangiota tumanida 200 000 AQSh dollariga er sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari  bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.U. Zangiota tumani, “Ilg`or” MFY hududida davlat zaxirasida bo`lgan 0,5 gektar sug`oriladigan er maydonini 200 000 AQSh dollariga sotishini aytib, tegishli hujjatlarni tuman er kadastr bo`limida ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishi evaziga oldindan 40 000 AQSh dollarini fuqaro X.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar