Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning xabar berishicha, Zaynilobiddin Nizomiddinov O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi kengashi raisining birinchi o`rinbosari etib tayinlanibdi.
Avvalroq O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Zaynilobiddin Nizomiddinov salomatligi tufayli boshqa ishga o`tishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.