Yangier shahar hokimi Xo`jaev Ilyor Axmad o`g`li betoblik tufayli bevaqt vafot etdi.
Ma`lumot uchun: Ilyor Axmad o`g`li 1977 yilda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. 1999 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2009 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Guliston shahar, Boyovut tumani Moliya bo`limi rahbari, Guliston shahar hokimining birinchi o`rinbosari kabi turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.






