Uzbekistan Airways Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo`nalishidagi xalqaro aviaqatnovlar soni oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirgi kunda shaharlar o`rtasidagi aviaqatnovlar haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari, joriy yilning 12 avgustidan boshlab esa parvozlar haftaning juma kunlari ham amalga oshiriladi.
Toshkent-Nyu-York yo`nalishidagi chiptalar narxi 10 686 093 so`mdan, Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo`nalishidagi aviachiptalar narxi esa 18 101 482 so`mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni 3 foiz chegirma bilan www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.






